Авторизация
 
 
Регистрация на сайте
Восстановление пароля





Skip Navigation Linksaloqada.com  →  Музыка  →  Артисты

Илхом Фармонов

Илхом Фармонов

Ilhom Farmonov 1974 yil 26 aprelda tug'ilgan. Oilali, 2 o'g'il 1 qizi bor. Ilhomni san'atga bo'lgan qiziqishi bolalikdan, maktabda o'qib yurgan kezlarida boshlangan.

1986-1988 yillarda Respublika miqyosida o'tkazilgan san'at bayramlari va «San'at g'unchalari» nomli yosh qo'shiqchilar ko'rik tanlovlarida birinchi o'rinlarni olishga sazovor bo'lgan. «Tinchlik bo'lsin», «Sayrang qushlar», «Ex orzular», «Ustozlar», «Chanoq paxtalar» kabi qo'shiqlari respublika radio efirlarida namoyish etilgan.

1989 yilda esa «Kamolot-89» ko'rik tanlovida qatnashib, «Eng kichik mohir ijrochi» nominatsiyasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.

1991 yilda esa «Toshkent davlat sirki»da ustozlari Komiljon Baratov va otasi Shomurod Farmonov boshchiligida «Bahor yana qaytadi» konsert dasturida qatnashib olqishlarga sazovar bo'lgan. 1991 yildan «Senmuding» qo'shig'i «Sevganim sevgan», «Ishqing o'tida», «Dilbarijanon», «Chaman aro», «Onajoning rozi qil», «Xumor», «Jamoling», «Qoroko'z», «Chaqaloqlar», «Ey yorginam», «Yorim kel», «Binafsha», «Devona», «Iltijo», «Ko'rdim qoroko'z ko'rdim», «O'zimda gunoh», «Muhabbat», «Otam», «Voy dilim», «Begona», «Janon bo'laman deb», «San manim», «O'zbekiston» taronalari xalqqa manzur bo'ldi. 1991-1998 yillar ichida «Ildam» yoshlar markazi ustozi Shomurod Farmonov boshchiligida Respublika bo'ylab konsert dasturi bilan Respublika paxtakorlariga o'z san'atini namoyish etdi, qolaversa qo'shni Respublikalarga ham chiqdi. Ilhomjon Farmonovni ijodi kundan-kunga rivojlanib, dasturlarini rang-barang qo'shiqlar bilan boyitishga harakat qildi.

1998 yil Respublikamizning «Turkiston» saroyida ilk bor yakkaxon konsertini qo'ydi va «Binafsha» albomi chiqdi. Shu yildan boshlab Respublika bo'ylab o'zini yakkaxon konsert dasturi bilan aylanib chiqdi, qo'shni Respublikalardagi muxlislarni talabiga muvofiq u yerlarda ham bo'lib olqish va sovrinlar bilan qaytdi. Shu yildan boshlab Ilhomjon Farmonov har yangi dasturi chiqqach Respublika bo'ylab konsert qo'yib qaytadigan bo'ldi.

1999 yilda san'atga bo'lgan qiziqishi Toshkent Davlat Madaniyat oliygohi sari yetakladi. Oliygohni «Xalq musiqasi» fakultetini tugatdi. 1999 yilda «Xalqlar Do'stligi» (hozirgi «Istiqlol») saroyida «Qo'shiqdan topgayman baxtimni» nomli yangi dasturi bilan qatnashib olqishlarga sazovar bo'ldi va shuningdek yangi «Sinchalak» albomini sotuvga chiqardi. Albomdagi qo'shiq Respublika miqyosida o'tkazilgan «O'zbekiston Vatanim manim» ko'rik tanlovida qatnashdi. Respublika bo'ylab konsert qo'yib xalqimizni olqishiga sazovar bo'ldi, qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi.

2000 yil «Xalqlar Do'stligi» saroyida «Gulim» nomli yangi dasturi bilan chiqdi. Shu yili hukumatimiz tomonidan «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist» Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. «Tarona 2000» taqdimotida «Eng yaxshi erkak qo'shiqchi» sovrinini oldi. Yangi «Gulim» albomi bilan Respublika radiosining «Yoshlar» kanali «Hit-paradi»da yilning eng yaxshi qo'shiqchisi nominatsiyasini olishga erishdi. Respublika bo'ylab konsert qo'yib xalqimizni olqishiga sazovar bo'ldi, qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi 2000 yil «Sog'lom avlod yili» munosabati bilan ko'plab viloyat va tumanlarda xayriya konsertlarini o'tkazdi. Shu jumladan, 2000 yil 15 mayda «Xalqlar Do'stligi» saroyida nogironlar, mehribonlik uylari, mahalla hayriya jamg'armasi, shahidlarni hotiralash xiyoboni quruvchilari va xasharchilari uchun katta hayriya konsertini tashkil qildi.

2002 yil «Xalqlar Do'stligi» saroyida «Orzular» yangi dasturi bilan chiqdi. Shu yili birdaniga ikkita «Orzular» va «Munis lahzalar» albomini chiqardi va Respublika bo'ylab konsert qo'yib xalqimizni olqishiga sazovar bo'ldi, qolaversa qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi.

2004 yil «Xalqlar Do'stligi» saroyida «Sog'inch» yangi dasturi bilan chiqdi. Shu yili birdaniga ikkita «Sog'inch» va «Hayol» nomli albomlar chiqardi va Respublika bo'ylab konsert qo'yib xalqimizni olqishiga sazovar bo'ldi, shuningdek qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi.

2005 yil avgust oyida Malayziyada bo'lib o'tgan «Butun jahon xalq qo'shiqlari» festivalida O'zbekistondan Ilhomjon Farmonov qatnashib qaytdi.

2006 yil «Shaydo» albomni sotuvga chiqardi va Respublika bo'ylab konsert qo'yib qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi.

2007 yil «Xalqlar Do'stligi» (hozirgi «Istiqlol») saroyida «Ishq fasli» yangi dasturi bilan chiqdi hamda «Ishq fasli» albomini sotuvga chiqardi. Respublika bo'ylab konsert qo'yib qo'shni Respublikalarga ham borib muxlislariga dasturini namoyish qildi.

2008 yil yangi «Kulsang» albomini taqdim etdi.

2009 yil «Menga yoqasan» albomi sotuvga chiqarildi. 2010-2011 yillar mobaynida esa 10dan ortiq qo'shiqlar kuylab, ularga bir qator qiziqarli kliplar ham tasvirga tushirtirdi.

2011 yilda esa Ilhom Farmonovning barcha qo'shiqlari jamlangan 2 to'plamdan iborat mp3 albomlari muxlislar uchun tortiq etildi. Shuningdek, 40 dan ziyod kliplar o'rin olgan DVD disk ham sotuvga chiqarildi.

Музыкальные видео

Музыкальные альбомы

Нет альбомов


1.0
- всего оценок (24)
- ваша оценка


Новый комментарий
Автор Сообщение
Данную новость еще не обсуждали

Обсуждение в Facebook:

Реклама


(С) 2012-2019 Aloqada.com. Все права защищены.

Рейтинг@Mail.ru

00:00:00